Maxachev va Volkanovski sterdaunda o‘zini qanday tutdi? (video)

Sport

image

Taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziyev UFC 284 turnirining asosiy jangi Islom Maxachev-Aleks Volkanovski o‘rtasidagi jang oldidan o‘tkazilgan sterdaun haqida fikr bildirdi.

“Boshlandi. UFC 284 asosiy tadbirlari start oldi. Bugun jangchilar birinchi bor rasmiy sterdaun o‘tkazdi. Islom Maxachev va Aleks Volkanovski o‘zini do‘stona tutdi, lekin bir birini ozgina trolling qildi. Eslatib o‘taman, Maxachev yengil vazn, Volkanovski esa yarim yengil vaznda mutlaq chempion. Jang Islomning toifasida bo‘ladi. UFC tarixida birinchi bor P4P vazn toifasidan qat’iy nazar kuchlilar reytingining birinchi va ikkinchi pog‘onasidagilar to‘qnash keladi”, deydi Fayziyev.

Ma’lumot uchun, Maxachev va Volkanovski o‘rtasidagi jang 12 fevralga o‘tar kechasi Avstraliyaning Pert shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kuni Volkanovski Dog‘iston kurashiga qarshi usul topish bo‘yicha fikr bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Maxachev Volkanovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing