O‘FAning yangi prezidenti, oshayotgan jarimalar, nihoyasiga yetgan qabul va boshqa muhim xabarlar

Jamiyat

Yakuniga yetayotgan 15 iyulning eng muhim voqealari tafsiloti.

Bu hafta ham anomal issiq davom etadi...mi?

O‘zbekiston hududida ushbu hafta ham 40 darajadan yuqori bo‘lgan anomal issiq davom etadi. Gidrometeorologiya xizmati markazi 16-19 iyul kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo bashoratini e’lon qildi.

Bugun qabul yakunlanadi. Ulgurmagan abituriyentlar nima qiladi?

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga hujjat qabul qilish jaraayoni kechmoqda.

O‘zbekistonda bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli uchun hujjatlarni qabul qilish (ro‘yxatdan o‘tkazish) shu yilning 15 iyul sanasida yakunlanadi. Shu bilan birga OTMlardagi qabul komissiyalari oxirgi abituriyent ro‘yxatdan o‘tgunga qadar faoliyat ko‘rsatadi.

Maxsus tashkil etilgan inspeksiya xodimlari 60 foizgacha ustama oladi

Joriy yilning 12 iyul kuni Hukumat qarori bilan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan edi.

Shuningdek, Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Rasman: 1 avgustdan jarimalar oshadi

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 1 avgustdan ma’muriy jarimalar miqdori oshishi haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq jarima huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Prezident Farmoniga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan eng kam ish haqining 10 foizga oshishi belgilandi. Shunga ko‘ra, turli ma’muriy jarimalarning miqdorlari ham 2019 yil 1 avgustdan 10 foizga oshadi. 

80 yoshli otaxon OTMga hujjat topshirdi

Bu yilgi abituriyentlar bizni hayron qoldirishni davom etishmoqda. 80 yoshli otaxon To‘xtamish Sultonov Surxondaryo viloyati Angor tumani Davlat xizmatlari markazi orqali oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi.

Yoshi eng ulug‘ abituriyent Samarqand davlat universitetining Biologiyani o‘qitish metodikasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining davolash va pediatriya ishi yo‘nalishini tanlagan. 

O‘qituvchilarning maoshi sezilarli o‘sadi – Temurjon Komilov

O‘zbekistonda o‘qituvchilarning maoshi sezilarli o‘sadi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temurjon Komilov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yaqin yillarga qadar o‘qituvchining oyligi juda kam bo‘lib, uning obro‘si ham tushib ketgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan bugun bu manzara ijobiy tomonga o‘zgargan.

Video: Zelenskiyning korteji YTHga uchradi

Kecha, 14 iyul kuni Ukrainaning Zaporoj viloyatida mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy kortejidagi avtomobillar va ichida bolalar bo‘lgan avtobus kolonnasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Masjidning ehson qutisidan pul o‘g‘irlaganlar ushlandi

Bugun, 15 iyul kuni Qirg‘izistonning Chuy viloyati Issiq-ota tumani Milyanfan qishlog‘idagi masjidning ehson qutisidan pul o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan shaxslar qo‘lga olindi.

Issiq-ota tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 1998 yil tug‘ilgan Talos viloyatilik K.A. va bishkeklik 1996 yilda tug‘ilgan O.I. o‘g‘rilikda gumonlanib qo‘lga olingan.

Rasman: Abdusalom Azizov O‘FA prezidenti bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Abdumavlonovich Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari etib saylandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

Messiga havas qiluvchi o‘zbek futbolchisi Rossiya chempionatida jamoasining birinchi, besh yuzinchi goliga mualliflik qildi

O‘tgan hafta shanba kunidan etiboran, futbol bo‘yicha Rossiya ichki chempionatining yangi mavsumiga start berildi.

Tarkibida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Rostov” klubi 1-turda o‘z maydonida tarkibida boshqa bir o‘zbekistonlik futbolchi – Vadim Afonin harakat qilayotgan “Orenburg” jamoasini qabul qildi.

Butunjahon Universiadasi yakunlandi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Italiyaning Neapol shahrida talabalar o‘rtasida Butunjahon Universiada o‘yinlari yakuniga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Reglamentga ko‘ra, ushbu kun doirasida suv polosi bo‘yicha uchinchi o‘rin va g‘oliblik uchun 2 ta uchrashuv o‘tkaziladi xolos. Qolgan barcha bellashuvlarda g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing