Video: Zelenskiyning korteji YTHga uchradi

Olam

Reklama
0:00

Kecha, 14 iyul kuni Ukrainaning Zaporoj viloyatida mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy kortejidagi avtomobillar va ichida bolalar bo‘lgan avtobus kolonnasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Strana.ua” xabar berdi.

Prezident kortejidagi avtomobillar kurortdan qaytayotgan avtobus kolonnasini quvib o‘tish vaqtida YTH yuz bergan.

Suratlarda yengil avtomobillarning old qismi majaqlanib ketganini, avtobuslardan biri yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketganini ko‘rish mumkin. YTHda avtobusdagi yo‘lovchilar, shu jumladan bolalar zarar ko‘rmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Zelenskiy kortejidagi ikkita Volkswagen Touareg va Prezident xavfsizlik xizmatiga tegishli mikroavtobus kolonnani quvib o‘tishga uringan. Kortej Kiyevga qaytayotgan bo‘lgan. Zelenskiyning o‘zi samolyotda poytaxtga qaytgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing