Avtobus ağdarilib ketişi oqibatida 6 kişi halok böldi
Olam
−
09:35 305 2 daqiqa
Keça, 14 noyabr kuni Kolumbiyaning janubi-ğarbiy qismida avtobus ağdarilib ketdi. Oqibatda kamida 6 kişi halok bölib, yana 11 kişi jarohatlandi. Haydovçi rulda bir neça soniyaga uxlab qolgan bölişi mumkin. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa 14 noyabr kuni mamlakatning Uila departamentidagi Garson–Neyva avtomobil yölida sodir bölgan. Bogota tomon harakatlanayotgan avtobus Kaketa departamentidagi San-Visente aholi punktidan yölga çiqqan.
Politsiya hisobotiga köra, haydovçi rulda bir neça soniyaga uxlab qolgan bölişi mumkin. Bu holat avtobusning ağdarilişiga sabab bölgan deb taxmin qilinmoqda. Ayni paytda hodisaning aniq sabablari örganilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, halok bölganlar orasida ikki bola ham bor, rasmiylar esa halok bölganlar sonini tasdiqlaş va qurbonlarning şaxsini aniqlaş ustida iş olib bormoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda qutqaruvçilar jabrlanganlarga yordam berayotgani, avtobus yonida esa odamlar yiğlayotganini köriş mumkin.
Politsiyaning yöl harakati va transport bölimi rahbari polkovnik Edvin Korrea haydovçilar safarga çiqişdan oldin yetarliça dam olişi kerakligini bildirgan.
Hozirça halok bölganlarning şaxsi oşkor etilmagan. Yaradorlar yaqin atrofdagi Neyva şahridagi kasalxonalarga yotqizilgan. Avtobus yöldan olib taşlanganidan söng avtomobillar harakati tiklangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Sonnam şahrida yölovçi avtobusi svetoforda töxtab turgan 32 ta transport vositasiga urilgan edi. Ertalabki tirbandlik vaqtida sodir bölgan YTH oqibatida 48 kişi jarohatlangan, ulardan olti nafarining ahvoli oğir.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr