O‘FA ikkita o‘yin yuzasidan tekshiruv boshlaydi (video)
Sport
−
30 Oktabr 2023 5613 1 daqiqa
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) O‘zbekiston chempionati doirasida ikkita o‘yin bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mamlakat chempionatining 23-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvida ishlagan hakamlar guruhi faoliyati bo‘yicha O‘FA maxsus inspeksiyasi tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi.
Shuningdek, “Bunyodkor” – “Neftchi” bahsidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko tomonidan bildirilgan keskin fikrlar hamda ayblovlar qanchalik asosli ekanligi ham o‘rganib chiqiladi. Tekshiruv natijasida mazkur gaplar o‘z tasdig‘ini topsa, aybdorlar jazolanadi. Aks holda nohaq ayblovlar bildirgan mutaxassisga nisbatan tegishli chora ko‘riladi.
Eslatib ўтамиз, avvalroq Andijonda yuz bergan ko‘ngilsiz holat O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilishi xabar qilingandi. Holat yuzasidan hozircha “Andijon-SGS” klubi o‘z sahifasida munosabat билдирди.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025