Uch yoshli qiz qaynoq suvli vannaga tushib, tiriklayin kuyib ketdi
Olam
−
06 aprel 2023
20963Rossiyaning Moskva viloyatida qarovsiz qoldirilgan uch yoshli qiz qaynoq suvli vannaga tushib, tiriklayin kuyib ketdi. Bu haqda "Gazeta.ru" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mahalliy fuqaro uch yoshli qizi va to‘rt yoshli o‘g‘lini qarovsiz qoldirib, do‘konga chiqib ketgan. Cho‘milmoqchi bo‘lgan qiz tasodifan vannani issiq suvga to‘ldirgan. Qizning akasi suv issiq bo‘lgani uchun uni qutqara olmagan. Ona uyiga qaytgach, hushidan ketgan qiziga yordam berish maqsadida shifokor chaqirgan, ammo bu foyda bermagan.
Ta’kidlanishicha, voqea sodir bo‘lganda bolalarning otasi ishda bo‘lgan. Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa tafsilotlarini o‘rganayotgani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda mast erkak uch yoshli qizning ustiga qaynoq suv quyib yuborishi oqibatida qizaloq vafot etgandi. Namangandagi bog‘chada esa 6 yoshli bola issiq suvdan kuyib vafot etdi.
Nodirjon Madaminov
LiveBarchasi