Andijonda mast erkak 3 yashar qizning ustidan qaynoq suv quydi. Qizaloq vafot etgan

Jamiyat

image

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida mast erkak 3 yoshli qizaloqning ustiga qaynoq suv quyib yubordi. Bu haqda Zamon dasturida xabar berildi.

Holatni o‘rganish davomida to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 11 yanvarga o‘tar kechasi soat 2:00 da jinoyatchi spirtli ichimlik ichib, o‘z uyida ijarada yashayotgan ayolning xonasiga kirgan va shahvoniy nafsini qondirish maqsadida ayolga taklif bildirgan. Ayol esa buni rad etgan. Aslida, bu erkak va ayol avvaldan telefon orqali muloqot qilib kelgan. 

Erkak shundan so‘ng, ayolning 2018 yilda tug‘ilgan qiziga qaynoq suv quyib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Qizaloq og‘ir kuyish jarohatidan vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, qizaloq qaynoq suvdan umumiy tana yuzasining bo‘yni, ikkala qo‘li va yonbosh sohalarining kuyishi jabrlanuvchining o‘tkir holda yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligiga sabab bo‘lgan. 

Sud ushbu jinoyat ishini o‘rganib chiqib, erkakka 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1097

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing