Namangandagi bog‘chada 6 yoshli bola issiq suvdan kuyib vafot etdi

3-sahifa

image

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi bog‘chalarning birida 6 yoshli bola issiq suvdan kuyib vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Davlatobod tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 31-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan, 2015 yilda tug‘ilgan U.H. joriy yilning 5 fevral kuni o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida muassasa issiq suv tizimidagi jo‘mrakni ochib yuborgan. Oqibatda 2-darajali 65 foiz kuyish bilan tan jaroxati olib, viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga yotqizilgan. 

Voyaga yetmagan U.H. 2019 yil 27 fevraldan buyon ushbu muassasada aqliy rivojlanishning orqada qolishi tashxisi bilan tarbiyalanayotgani ma’lum bo‘lgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan voyaga yetmagan fuqaro U.H. kuyish oqibatida olgan tan jaroxatlari tufayli 24 fevral kuni vafot etgan.

Namangan viloyat STEBning 24 fevral kungi 70-sonli xulosasida, marhumning o‘limi qaynoq suvdan bosh, yuz va tananing boshqa qismlarining 2,3-darajali 70 foiz kuyish asorati oqibatida poliorgan yurak qon-tomir yetishmovchiligi o‘limga olib kelganli va murda tanasida kuyishdan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagani ko‘rsatilgan.

Mazkur holatga tergov yo‘li bilan baxo berish zaruriyati tug‘ilgani sababli, JKning 116-moddasi 3-qismi, 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

931

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing