U o‘rtacha jangchi — Konorga ta’rif berildi 

Sport

image
0:00
0:00
download

UFC jangchisi Kamaru Usman irlandiyalik Konor Makgregor haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda ESPN MMA xabar bergan. 

“Hozir Konor chempion emas. U ikki karra chempion emas. U avvalgi yigit emas. Oldingi Konor g‘alabaga chanqoq edi. Bugungi kunda u shunchaki o‘rtacha jangchi”, degan Usman. 

Ma’lumot o‘rnida, Makgregor joriy yilning 10 iyul kuni amerikalik Dastin Pore bilan jang qiladi. 

Konor va Pore avval ham ikki marotaba to‘qnash kelgan. Birinchi jang 2014 yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan va unda irlandiyalik Konor amerikalik Dastinni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.  

Ikkinchi jang esa joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tdi va unda aksincha, Makgregor Dastinga nokaut bilan yutqazdi. Bu nokaut Konorning faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Konor Usman

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing