U-20 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Eronga mag‘lub bo‘lsa ham, keyingi bosqichdan quruq qolmadi

Sport

image

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi qit’a birinchiligi oxirgi turida eronlik tengqurlariga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Xitoyda davom etayotgan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi 3-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ammo Farhod Nishonov boshchiligidagi terma jamoa “S” guruhida 2-o‘rinni egalladi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. O‘zbekistonlik futbolchilarning navbatdagi raqibi katta ehtimol bilan Janubiy Koreya bo‘ladi. Sababi, koreyaliklar “D” guruhida 1-o‘rinni egallab turibdi. Ertaga ular Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Qayd etish joiz, mazkur Osiyo kubogida yarim finalga yo‘l olgan 4 terma jamoa 2025 yilning sentyabr oyida Chilida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Osiyo kubogi Jahon chempionati O'zbekiston U-20 terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing