U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston BAAni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

Sport

image

Saudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak finali bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi amirlik futbolchilarga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Asilbek Aliyev chamasi 25 metr masofada o‘rnatilgan jarima zarbasidan gol urib, hisobni ochdi. 36-daqiqada Aliyev sherigining chiroyli uzatmasini golga aylantirdi va o‘z hisobiga dublni rasmiylashtirdi. Birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sayfiddin Sodiqov penaltini amalga oshirib, hisobni yirik 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Ikkinchi taymda xotirjamlikka berilgan o‘zbekistonliklar 67-daqiqada gol o‘tkazib yubordi. BAA o‘yinchisi Muhammad Buti hisobni qisqartirdi. O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Islom Ismoilov boshchiligidagi terma jamoa yarim final o‘yinini 17 aprel kuni Indoneziya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi o‘tkazadi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston BAA yarim final U-17 Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing