Tusk polshaliklarni zudlik bilan Eronni tark etishga chaqirdi
Olam
−
19 fevral 1905 1 daqiqa
Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Eronda bo‘lib turgan Polsha fuqarolarini mintaqadagi vaziyatning ehtimoliy keskinlashuvi fonida zudlik bilan mamlakat hududini tark etishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 19 fevral kuni bayonot berdi.
Polsha hukumati rahbari harbiy ssenariy rivojlangan taqdirda evakuatsiya imkoniyati cheklanishi mumkinligini ma’lum qilgan.
“Men hech kimni ehtimoliy voqealar bilan qo‘rqitmoqchi emasman, biroq barchamiz nimani nazarda tutayotganimni bilamiz. Mojaro ehtimoli juda real va bir necha o‘n soatdan so‘ng evakuatsiya haqida gap ham bo‘lmasligi mumkin”, deydi Tusk.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqda Amerika harbiy ishtiroki sezilarli darajada kuchaytirilayotgani haqida xabar berilgan edi. “The Wall Street Journal” ma’lumotiga ko‘ra, Vashington mintaqaga qo‘shimcha F-22 va F-35 qiruvchi samolyotlarini, boshqaruv va muvofiqlashtirish samolyotlarini yubormoqda, shuningdek ikkinchi aviatashuvchini jo‘natmoqda. Nashr manbalariga ko‘ra, bunday kuchlar AQSHga Eronga qarshi bir necha hafta davomida harbiy operatsiyalar o‘tkazish imkonini beradi.
Live
Barchasi