Turkmanboshini “o‘ldirgan” Rubayev uzr so‘radi

Olam

image

Kecha, 21 iyul kuni xalqaro va mahalliy OAVda Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlarda yagona manba sifatida Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev keltirilgandi. 

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, ushbu xabar tasdig‘ini topmadi. Turkmanistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi ushbu xabarlarni rad etib chiqdi. Turkmanistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi ham Berdimuhamedovning vafotini tasdiqlamadi. 

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni o‘ldiga chiqargan Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev esa ushbu xabarlarni keng ommaga tarqalishiga sababchi bo‘lgani uchun turkman xalqidan uzr so‘radi.

“Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganidan juda mamnunman. Prezidentning qarindoshlari va yaqinlari, shuningdek, Turkmanistonning barcha fuqarolaridan uzr so‘rayman”, deb yozgan Rubayev o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Shuningdek, u oldinroq olingan ma’lumotlar o‘sha manbaning o‘zi tomonidan inkor etilganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan izohida Berdimuhamedov bir necha kun oldin ta’tilda bo‘lgan vaqtida vafot etganini ma’lum qilgan edi. 

Davlat va siyosat arbobi Berdimuhamedov joriy yilning 5 iyulidan keyin na omma oldida, na televideniyeda ko‘rinish bergan. 15 kundan buyon uning yo‘qligi va 15 iyul kuni ta’tilgani chiqqani uning o‘limi haqida xabarlarni keltirib chiqargan.

Gurbanguli Berdimuxamedov 1957 yilda poytaxt Ashxobodda tug‘ilgan. U 2006 yil 2007 yil 14 fevral kuni Turkmaniston Prezidenti lavozimiga saylangan. Berdimuhamedov 2017 yilgi saylovlarda 97 foiz ovoz to‘plab, uchinchi muddatga qayta saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Aslan Rubaev

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing