Turkiyadagi don bandargohining portlashi qo‘poruvchilik harakatimidi?

Olam

image

Kecha, 7 avgust kuni Turkiyaning Kojaeli viloyatidagi Derinje portida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida ma’lumot bergan edik. Mamlakat rasmiylari ushbu holatning sabotaj ekanini istisno qilmayapti. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar berdi

Qayd etilishicha, portlash sabablari bo‘yicha hozircha yakuniy xulosa yo‘q, ammo hozirda mutaxassislar videokuzatuv kameralari tasvirlari va hodisaga oid boshqa ma’lumotlarni o‘rganmoqda.

“Portda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Tekshiruvdan o‘tmagan shaxslar u yerga kiritilmaydi, xoh u davlat amaldori bo‘lsin, xoh xizmatchi bo‘lsin. Tabiiyki, barcha versiyalar baholanadi. Lekin sabotaj ehtimoli eng zaif ko‘rinadi”, deydi portlagan don elevatoriga egalik qilgan Turkiya don kengashi bosh direktori Ahmet Guldap. 

Guldapning so‘zlariga ko‘ra, bandargohda 16 ta don elevatori bo‘lib, ulardan 13 tasi portlash oqibatida shikastlangan. 

“Ushbu elevatorlarning umumiy sig‘imi 95 ming tonnani tashkil etadi. Ularga 75 ming tonna don – bug‘doy va bir oz arpa yuklangan”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyul kuni Rossiya Ukraina, Turkiya va BMT bilan tuzilgan don yo‘lagi kelishuvini uzaytirishni istamagani uchun Qora dengiz orqali don va oziq-ovqat yetkazib berish to‘xtab qolgandi. Shundan so‘ng, Ukraina donining asosiy importchilari bo‘lgan Afrika mamlakatlarida ocharchilik yuzaga kelishi xavfi ortdi. Yevropa Ittifoqi va BMT Rossiyani oziq-ovqatni qurol sifatida foydalanishda aybladi. Don kelishuvining bekor qilinishidan bir kun o‘tib Rossiya tomonidan Ukrainaning Odessa portiga raketa va dron hujumlari uyushtirildi. Oqibatda 60 ming tonna don yo‘q qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya don bandargoh qo'poruvchilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing