Turkiyadagi bandargohda katta portlash sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Turkiyaning Kojaeli viloyatidagi Derinje portida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy “A Haber” nashri xabar berdi

Qayd etilishicha, portlash bandargoh hududidagi don zavodining silosida (mahsulot saqlanadigan joy) sodir bo‘lgan. Derinje shahri hokimi Zaki Aygunning aytishicha, hodisa oqibatida kamida 10 kishi jarohatlangan bo‘lib, ularning ahvoli yaxshi. Shuningdek, portlashdan ikkita silos zarar ko‘rgan. 

Aholining so‘zlariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 14:40 lar atrofida sodir bo‘lgan. Portlash ovozi shaharning boshqa hududlarida ham eshitilgan, shuningdek, uning natijasida zilzila effekti yuzaga kelgan. Taxminlarga ko‘ra, portlash bug‘doy siloslaridan birida sodir bo‘lgan va bu vaqtda bandargohda yuk kemasiga don yuklanayotgan bo‘lgan. Hududga ko‘p sonli o‘t o‘chiruvchilar hamda qutqaruv brigadalari jo‘natilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyadagi zavodda portlash sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya portlash bandargoh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing