Turkiyadagi raketa zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya poytaxti Anqaraning Elmadag‘ tumanidagi Mashinasozlik va kimyo sanoatining raketa va portlovchi moddalar zavodida portlash sodir bo‘ldi. Portlashda 5 ishchi halok bo‘lgan. Bu haqda TRT xabar berdi

Portlash fabrikada bugun, 10 iyun kuni ertalab sodir bo‘lgan yong‘indan keyin yuz bergan. 5 kishi vafot etib, bir necha ishchi jarohatlangan.

Tez yordam mashinalari orqali atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan jarohatlanganlardan ayrimlarining ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilindi.

Ishchilarning yaqinlari zavod oldiga to‘plangan. Shuningdek, portlash sabablari yuzasidan tergov boshlangani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya portlash Anqara raketa zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made