Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
3-sahifa
−
27 fevral
10322Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan Zokir Fayzullayev Istanbul shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 27 fevral kuni Bosh konsulxona ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayblanuvchi Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.
“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilayotgani bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda xalqaro odam savdosi jinoyati doirasida qidiruvga berilib, “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan Nilufar Mirxanova, firibgarlik ayblovi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan va Turkiyada qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Rita Xalilova, fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanib, Turkiyada qo‘lga olingan yana ikki o‘zbekistonlik, keyinroq esa odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblangan Munisaxon Alijonova hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan Saidumarxon Musayev Toshkentga deportatsiya qilingan. Shuningdek, 21 fevral kuni diniy olim va bloger Alisher Ahmadovich Tursunov (taxallusi “Mubashshir Ahmad”) deportatsiya markazidan oilasi bag‘riga qaytgan.
LiveBarchasi