Yana bir xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyadan deport qilindi
3-sahifa
−
21 fevral
9424O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan Saidumarxon Musayev joriy yilning 20 fevral kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1976 yilda tug‘ilgan Musayev firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.
"Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishi so‘raladi", deyilgan bu haqdagi xabarda.
Shuningdek, jinoyatga qarshi kurashish maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilayotgani qo‘shimcha qilingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda xalqaro odam savdosi jinoyati doirasida qidiruvga berilib, “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan Nilufar Mirxanova, firibgarlik ayblovi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan va Turkiyada qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Rita Xalilova, fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanib, Turkiyada qo‘lga olingan yana ikki o‘zbekistonlik, keyinroq esa odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblangan Munisaxon Alijonova Toshkentga deportatsiya qilingandi.
LiveBarchasi