Turkiyada avtomobilga öq uzgan ikki Özbekistonlik qamoqqa olindi

3-sahifa

−

image

Turkiyaning Antaliya viloyati Manavgat tumanida telefon orqali gaplaşiş uçun maşinasini töxtatgan erkakka mototsiklda kelgan ikki niqobli şaxs hujum qildi. Ular haydovçining avtomobiliga öq uzib, voqea joyidan qoçib ketgan. 30 ta xonadon va tadbirkorlik ob’ektining 72 soatlik videyozuvlari örganilişi natijasida ikki gumonlanuvçi aniqlanib, hibsga olindi. Bu haqda “Antalya Ekspres” naşri xabar berdi. 

Qayd etilişiçaa, voqea Manavgat tumanining Ilja mahallasida sodir bölgan. Ma’lum qilinişiça, A.E.K. ismli erkak Zeytinlik hududida telefonida gaplaşiş uçun avtomobilini yöl çetida töxtatgan. U suhbatlaşayotgan vaqtda mototsiklda yuzlariga niqob taqqan ikki şaxs yaqinlaşib, maşinadan tuşişni talab qilgan.

Notaniş şaxslardan şubhalangan haydovçi avtomobildan tuşmasdan, orqaga harakatlanib, qoçişga uringan. Biroq ikki şaxs uning avtomobiliga orqa tomondan öq uzgan. Hodisadan söng erkak 112 tezkor çaqiruv markaziga qönğiroq qilgan va voqea joyiga jandarmeriya xodimlari yetib kelgan.

Tergov doirasida Manavgat tuman jandarmeriya qömondonligi, Kumköy jandarmeriya bölinmasi va jandarmeriyaning maxsus tergov guruhi (JASAT) gumonlanuvçilarni aniqlaş işlarini olib borgan. Buning uçun 30 ta xonadon va tadbirkorlik ob’ektiga örnatilgan kuzatuv kameralarining 72 soatlik yozuvlari örganilgan.

Natijada hujumni sodir etgan şaxslar Özbekiston fuqarolari Kamronbek Abdurasulov va Eröl Kamol Pusat ekani aniqlanib, ular qölga olingan. Ularga jamoat xavfsizligiga tahdid soliş, mulkka zarar yetkaziş, qurol bilan qasddan jarohat yetkazişga uriniş, haqorat qiliş hamda 6136-sonli qonunni buziş ayblovlari qöyilgan. Sud qarori bilan har ikki gumonlanuvçi hibsga olinib, Manavgatdagi yopiq qamoqxonaga joylaştirilgan.

Hujum jarayoni kuzatuv kameralariga ham muhrlangan. Tasvirlarda ikki şaxsning mototsiklda avtomobil ortidan qaytib kelişi, haydovçi qoçişga uringan vaqtda unga öq uzişi va keyin voqea joyidan qoçib ketişi aks etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreyada Suriyadagi terrorçilik taşkilotini moliyalaştirgan özbekistonlik talaba 1 yil-u 4 oyga qamalganligi haqida habar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing