20 yil avval ajraşgan 93 va 92 yoşli juftlik yana turmuş qurdi (video)
Olam
−
13:16 501 2 daqiqa
Keça, 16 noyabr kuni Turkiyaning Ordu viloyati Une tumanida 5 nafar farzandi bölgan va taxminan 20 yil avval ajraşgan 93 yoşli Emina Sari hamda 92 yoşli Mehmet Sari yana nikohdan ötdi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Çatak mahallasida yaşovçi, beş nafar farzandi bor Emina Sari va Mehmet Sari taxminan 20 yil avval ajraşişgan edi. Oradan yillar ötib, juftlik yana turmuş qurişga qaror qilgan.

Juftlikning iltimosiga köra, Une meriyasi xodimlari nikohni qayd etiş uçun zarur tayyorgarlik işlarini olib borgan. Rasmiyatçiliklar yakunlangaç, Une meriyasi nikohni qayd etiş bölimi hovlisida nikoh marosimi taşkil etilgan.
Une meriyasining Nikohni qayd etiş boşqarmasi hovlisida taşkil etilgan marosimda juftlikning nikohini mer Husayn Tavli qayd etgan. Marosimda Emina va Mehmet Sariga Une tumani rahbari Kamol Yildiz va Çatak mahallasi oqsoqoli Havva Çetinkaya guvoh bölgan.
Nikoh marosimida sözga çiqqan Une meri Husayn Tavli şunday deydi:
“Bugun bu yerda unutilmas bir xotiraga barçamiz birgalikda şerik bölmoqdamiz. Ilgari hayotlarini birlaştirgan, yarim asrlik ötmişga ega 93 yoşli Emina Sari xolamiz va 92 yoşli Mehmet Sari amakimiz yillar ötib yana bir joyga jam bölib, bugun nikoh stoliga ötirişdi. Hayot ba’zan insonlarni turli yöllarga yetaklasa-da, sevgi, xotiralar va birga ötgan yillarning qadri heç qaçon yöqolmaydi. Bugun amalga oşiradigan uşbu nikohimiz muhabbat, vafo va qayta boşlanayotgan umr yöldoşligining eng gözal namunalaridan biri bölişiga işonaman. Robbim bundan keyingi umringizni soğliq, tinçlik va baxt-saodat içida ötkazişingizni nasib etsin. Birozdan söng beradiganimiz öşa gözal savolga yillar ortidan yana beradigan “Ha” javobingiz xayrli işlarga vasila bölişini tilayman”.

Tuman hokimi Yildiz va mer Tavli nikoh qayd etilganidan söng juftlikni tabriklagan.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr