Turkiya Rossiyaga aviaparvozlarni tiklashni taklif qildi
Olam
−
05 may 2021 3895 1 daqiqa
Turkiya joriy yilning 1 iyunidan boshlab Rossiya bilan parvozlarni tiklashga tayyor. Bu haqda Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Mehmet Samsar ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, Anqaraning oldida "COVID-19 bilan kasallanish sonini va Turkiyadagi epidemik vaziyatni yoz mavsumiga qadar qisqa vaqt ichida normallashtirish" vazifasi turibdi.
Elchi mamlakatda koronavirus bilan kasallanishni kamaytirish bo‘yicha ijobiy tendensiya allaqachon kuzatilganini ta’kidlagan.
Rasmiylar ijobiy dinamika davom etishini kutmoqda.
"1 iyundan parvozlarni tiklash va yozgi mavsumda rus do‘stlarimizni eng xavfsiz sharoitda qabul qilish uchun biz hozirda Rossiyaning tegishli idoralari bilan aloqalarni davom ettirmoqdamiz", degan Samsar.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada joriy yilning 29 aprelidan 17 mayiga qadar to‘liq lokdaun o‘rnatilgan.
7 maydan boshlab esa Turkiyada COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Live
Barchasi