Turkiya Qozog‘istondagi vaziyatga munosabat bildirdi 

Olam

image

Anqara 2022 yil 2-3 yanvar kunlari boshlanib, mamlakat hukumatining iste’foga chiqishiga Qozog‘istondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.  

“Turkiya do‘st Qozog‘istondagi barqarorlikka ahamiyat beradi. Qardosh Qozog‘iston xalqiga tinchlik va osoyishtalik tilaymiz. Ishonchimiz komilki, Qozog‘iston hukumati inqirozli vaziyatni yengib o‘tadi. Biz Qozog‘iston xalqining sog‘lom fikrga ega ekaniga ishonamiz. Umid qilamizki, yaqin kelajakda vaziyat barqarorlashadi”, deyiladi TIV bayonotida. 

Vazirlik Qozog‘istondagi barcha birodarlarga, jumladan, huquq-tartibot idoralari xodimlariga ham tezroq sog‘ayib ketishini tilagan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham Toshkent Qozog‘istonda sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatayotganini ma’lum qilgandi. 

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.  

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Anqara

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing