Turkiya Idlibda katta amaliyot boshlashga tayyor – Erdo‘g‘an
Olam
−
19 fevral 2020
4963Turkiya Idlib bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralardan mamnun emas va Suriyada harbiy operatsiya boshlashga tayyor. Bu haqda 19 fevral, chorshanba kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.
Suriyaning Idlib shahridagi vaziyat fevral oyi boshida keskin ravishda yomonlashdi. Buning natijasida bir necha harbiylarini yo‘qotgan Turkiya armiyasi Suriya pozitsiyalariga havo zarbalari uyushtirdi. Buning oqibatida 101 nafar suriyalik harbiy halok bo‘ldi. Bundan tashqari, ikkita Suriya vertolyoti muxolif kuchlar tomonidan Idlib osmonida urib tushurildi.
Erdo‘g‘an Idlib bo‘yicha operatsiyaga Turkiya armiyasini to‘liq jalb qilishi mumkinligini aytib o‘tdi. Hozirda Idlibda 7000 ga yaqin turk harbiylari joylashgan. Bunday yirik operatsiya nafaqat Suriya-Turkiya munosabatlariga, balki Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga ham yomon ta’sir qilishi mumkin. Chunki, Rossiya Idlib masalasi bo‘yicha Suriyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Suriya armiyasi mamlakat g‘arbida o‘z nazoratini deyarli to‘liq o‘rnatdi. Xususan, bu mintaqadagi eng katta avtomagistralni to‘liq nazoratga oldi. Shuningdek, mamlakatning eng yirik ikkinchi shahri hisoblangan Halabni egalladi. Hozirda, faqat bu mintaqadagi Idlib shahri muxolif kuchlar va Turkiya nazorati ostida bo‘lib turibdi. Avvalroq esa Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nega turk armiyasi Idlibda ekanini aytib o‘tdi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi