Suriya armiyasi Damashq-Aleppo avtomagistrali ustidan nazoratni qayta tikladi
Olam
−
11 fevral 2020
4573Suriya armiyasi M5 Damashq-Aleppo xalqaro avtomagistralidagi nazoratini qayta tikladi. Bu haqda RIA Novosti Suriyadagi harbiy manbalarga tayanib xabar beradi.
"Suriya armiyasi yetti yildan ko‘proq vaqt davomida birinchi marta Damashq-Aleppo magistralini nazoratga oldi", deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, harbiy operatsiyadan keyin mamlakatdagi eng katta va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan trassa ustidan nazoratning qaytarilishi Suriya armiyasining mamlakat bo‘ylab harakatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 29 yanvarida M5 trassasidagi Maaret Nuuman shahri ozod qilingan edi. Keyin, 8 fevral kuni Hukumat armiyasi M4 (Latakiya - Aleppo) va M5 (Damashq - Aleppo) xalqaro yo‘nalishlarining chorrahasida joylashgan Sarakib shahrini egallashga muvaffaq bo‘ldi. Yakshanba kuni Idlibning sharqidan kelayotgan qo‘shinlar Alepponing janubidan kelayotgan qo‘shinlar bilan birlashdi va shu tariqa Suriya armiyasi M5 trassasini deyarli to‘liq nazoratga oldi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi