Turkiya harbiylari Idlibda nima qilyapti?

Olam

image

Turk harbiy kuchlari 4 million mahalliy aholining hayotini saqlab qolish uchun Idlibda qolmoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an NTV telekanalida ma’lum qildi.

Bir necha shaharlar Suriya hukumati nazoratiga o‘tgandan so‘ng mamlakatning Idlib shahri asosiy jang maydoniga aylandi. U yerda nafaqat Turkiya, balki Suriya kuchlari va qisman Rossiya harbiylari ham bor. So‘nggi kunlarda Suriya va Turkiya kuchlarining o‘zaro harakatlari faollashdi. Hozirda turk kuchlari shaharni o‘z nazorati ostida olib turibdi.

“Idlibda bo‘lishimizdan maqsad, Asad rejimining bombardimoni tahdidi ostida bo‘lgan 4 million kishining hayotini asrashdir”, deydi Erdo‘g‘an. 

Avvalroq, 10 fevral kuni Turkiya o‘z askarlarining Idlibda halok bo‘lgani sababli Suriyaga javob zarbasini bergan edi. Zarba oqibatida 101 suriyalik xarbiy halok bo‘ldi. Xususan, Turkiya tomoni Suriya kuchlari tomonidan kuzatuv postini o‘qqa tutishi natijasida besh kishining o‘lgani va yana besh nafar turk askarining jarohat olgani haqida xabar bergan.

Shuningdek, Erdo‘g‘an rasmiy Moskva va Damashqni hech qanday dalil keltirmasdan Idlibdagi tinch aholiga hujum qilganlikda aybladi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suriya Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Idlib

Baholaganlar

143

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing