Asad rejimi Idlibda 5 turk askarini o‘ldirdi
Olam
−
10 fevral 2020
3995Turkiyaning Idlib shahrida joylashgan nazorat punktiga artilleriya zarbalari berildi. Buning oqibatida besh nafar turk askari vafot etdi, deb xabar bermoqda mamlakat Mudofaa vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, yana shuncha harbiy jarohatlangan.
Mudofaa vazirligining qo‘shimcha qilishicha, hujumni suriyalik harbiylar boshlagan, Turkiya esa javob zarbasi qaytargan.
O‘tgan hafta Turkiya Idlibdagi deeskalatsiya zonasida joylashgan nazorat punktiga qo‘shimcha maxsus kuchlarni yuborgan edi.
4 fevral kuni mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya punktlarni tashlab ketmasligini, aksincha, uni yanada mustahkamlashini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi