Idlibda Asad armiyasining vertolyoti urib tushirildi (video)

Olam

11 fevral kuni qurolli muxolifatchilar guruhi Bashar Asad rejimiga qarashli vertolyotni Seraklib shahridan g‘arbda joylashgan hududda urib tushirdi.

Serakibning g‘arbi va shimolida joylashgan Neyrab va Afis qishloqlari hududida bo‘lgan janglar paytida Asad kuchlarining ikkita tanki yo‘q qilingan, bitta tank va zenit qurilmalar qo‘lga kiritilgan.
 
Suriya mojarosi boshlanganidan beri, mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan Idlib shahri muxolifat va Asadga qarshi qurolli guruhlar “qal’a”siga aylangan. Shahardan 4 millionga yaqin mahalliy aholi chiqib ketgan. Idlib 2015 yilda muxolifat qo‘liga o‘tdi va Asad rejimining kuchli qarshiligiga duch keldi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya, Eron va Turkiya 2017 yil may oyida Ostonada (hozirgi Nur-Sulton) Suriyada to‘rtta dekalatsiya zonasini yaratishga kelishib olgan edi. Ulardan uchtasi 2018 yilda rasmiy Damashq nazoratiga o‘tdi. Idlib va qo‘shni Latakiya, Xama va Halab viloyatida joylashgan to‘rtinchisi hali ham hukumat qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilmagan. Hududning aksariyat qismi "Jabahat an-Nusra" terrorchilari tomonidan nazorat qilinmoqda.

2018 yil sentyabr oyida Sochida Rossiya va Turkiya Idlibda qurolsizlantirilgan zonani tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolagan edilar. Idlibda o‘ndan ortiq turli xil guruhlar mavjud. Ularning eng yirigi, turkparast "Milliy ozodlik fronti" va "Jabahat an-Nusra" kabi jami 30 ming jangarilarning birlashmasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Idlib

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing