Turkistondagi portlashda jarohatlanganlar soni 31 nafarga yetdi. Prezident voqea joyiga bormoqchi

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahridagi portlashda 11 kishi jarohatlanib, tibbiy yordamga murojaat qilgani haqida xabar bergan edik.

Hozirda jabrlanganlar soni 31 nafarga yetgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilgan. Bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Turkiston viloyati hokimi Umirzov Shukeyev ma’lumot berdi, deb xabar tarqatdi “Kazinform”.

Shukeyevning so‘zlariga ko‘ra, bir kishi avtomobiliga snaryad tegishi oqibatida qurbon bo‘lgan.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Arisdagi vaziyat bilan tanishish uchun Turkiston viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Berik Uali ma’lum qilgan.

Qosim-Jomart Toqayevga vitse-Bosh vazir Jenis Qosimbek va mas’ul davlat idoralari rahbarlari hamrohlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Arisdagi harbiy qism hududida portlash sodir bo‘ldi. Ayni vaqtda hokim boshliq ishchi guruh tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston portlash

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing