Sardoba fojiasida jabrlangan 22 ming qozog‘istonlik evakuatsiya qilindi
Olam
−
03 may 2020
8716Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekistondagi Sardoba suv omborida kelib chiqqan favqulodda vaziyat munosabati bilan Turkiston viloyatidagi vaziyatni kuzatishni davom ettirmoqda. Bu haqda “zakon.kz“ nashri ma’lum qildi.
“O‘zbekistonning Sardoba suv omborida to‘g‘onning buzilishi natijasida Turkiston viloyatidagi 10 ta qishloqni kuchli suv bosdi. 22 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Ularga yordam ko‘rsatilmoqda. O‘zbekiston hukumati bilan muzokaralar olib borilmoqda“, deb yozdi To‘qayev Twitter'dagi sahifasida.
Өzbekstan aumag‘ыndag‘ы Sardoba su qoymasы bөgetіnің bұzыluы saldarыnan Tүrkіstan oblыsыnың 10 auыlыn su bastы. 22 mыңnan astam tұrg‘ыn evakuatsiyalandы. Olarg‘a kөmek kөrsetіlіp jatыr. Өzbekstan Үkіmetіmen kelіssөzder jүrgіzіlude.
— Qasym-Jomart Toqayev (@TokayevKZ) May 3, 2020
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentni Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisani muhokama qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 may kuni Sardoba suv омборида favqulodda holat yuzaga keldi. Hozirda ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish jarayoni ketmoqda.
LiveBarchasi