To‘rayev – Abu-Dabi “Katta Dubulg‘a” turniri kumush medali sohibi

Sport

image

Bugun, 28 noyabr kuni BAA mamlakati poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi kungi bahslari o‘z yakuniga yetdi.

73 kg vazn toifasidagi tatamiga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik dzyudochi Hikmatilloh To‘rayev musobaqaning finalida mo‘g‘ulistonlik Tsogbaatar Tsendochirga qarshi tatamiga chiqdi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi. To‘rayev bahs davomida ushlash holatiga tushib qoldi va “ippon” bahosi evaziga mag‘lub bo‘ldi.

Shuningdek, Hikmatilloh To‘rayevga kumush medal va 700 reyting ochkosi ham taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, To‘rayev deyarli 10 daqiqa davom etgan yarim final bahsida London-2012 Olimpiadasi chempioni, Rio-2016 hamda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining kumush va bronza medali sohibi gruziyalik Lasha Shavdatuashvili, chorak finalda tojikistonlik Somon Mahmadbekov, ikkinchi davrada esa saudiyalik Abdulloh Hamad ustidan g‘alabaga erishgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Katta Dubulg'a Dzyudo BAA Hikmatilloh To'raev Tsogbaatar Tsendochir

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing