To‘qayev Tramp bilan muzokara o‘tkazdi
Olam
−
07 noyabr 2441 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bugun, 7 noyabr (Vashington vaqti bilan 6 noyabr) kuni Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Oq o‘rda xabar berdi.
Uchrashuv tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
To‘qayev Oq uyda bo‘lib o‘tadigan C5+1 formatidagi Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH Prezidentlari sammitida qatnashish uchun Vashingtonga yetib borgan. Boshqa mintaqa yetakchilari, xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ayni paytda Oq uyda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 noyabr kuni Qozog‘iston va AQSH o‘rtasida muhim minerallar bo‘yicha memorandum imzolangandi. Hujjatning imzolanish marosimi Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
Live
Barchasi