To‘qayev Sankt-Peterburgga yetib bordi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Sankt-Peterburgga yetib bordi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga keldi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, mazkur sammitda YeOII mamlakatlari rahbarlari integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari va asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Prezidenti ertaga, 26 dekabr kuni MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, 25 dekabr kuni Sankt-Peterburgda Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi, 26 dekabrda esa MDH norasmiy sammiti bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 dekabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Sankt-Peterburgga yetib borgandi. Bugun, 25 dekabrda esa Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham YeOII va MDH sammitlarida qatnashish uchun Sankt-Peterburgga jo‘nab ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya Qozog'iston MDH EOII Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing