Pashinyan Rossiyaga jo‘nab ketdi
Olam
−
25 dekabr 2023 9671 1 daqiqa
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi. Bu haqda Armaniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Pashinyan Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Oliy Yevrosiyo kengashi yig‘ilishi va MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
“Bosh vazir Nikol Pashinyan ikki kunlik amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi. 25 dekabr kuni Bosh vazir Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida, 26 dekabrda esa MDH norasmiy sammitida ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida Pashinyan qatnashmagandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28