Tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ning sobiq prezidenti xalqaro qidiruvga berildi

Olam

image

Baku tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi sobiq prezidenti Araik Arutyunyanni, shuningdek, armiya qo‘mondoni Jalol Arutyunyanni xalqaro qidiruvga berdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Araik Arutyunyan, Jalol Arutyunyan, shuningdek, David Babayan 2020 yildagi 44 kunlik urush paytida sodir etgan jinoyatlari bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan”, deya ma’lum qilgan  Ozarbayjon bosh prokurori Kamron Aliyev .

29 sentyabr kuni Ozarbayjon Bosh prokuraturasi tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi sobiq tashqi ishlar vaziri, uning prezidenti maslahatchisi David Babayan hibsga olinganini bildirgandi.

Babayan 2020 yilda agressiv urush boshlash va olib borish, yollanma askarlarni yollash, jinoiy buyruqlar berish va boshqa moddalar bo‘yicha ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.

Aliyevga ko‘ra, Baku Qorabog‘ning 300 dan ortiq amaldori va qo‘mondonini ham qidiryapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon chegarachilari tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi hukumatining sobiq rahbari Ruben Vardanyanni Armaniston hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olgandi.

Shuningdek, tan olinmagan respublika rahbari Samvel Shahramanyan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi tugatilgani haqida farmon imzolagandi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tog'li Qorabog' xalqaro qidiruv sobiq prezident

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing