Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ tugatildi

Olam

image

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi tugatildi. Bu haqda tan olinmagan respublika rahbari Samvel Shahramanyan tomonidan imzolangan farmonda aytiladi.

Keltirilishicha, tan olinmagan respublika 2024 yil 1 yanvargacha o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

“2024 yil 1 yanvargacha ularning idoraviy bo‘ysunishidagi barcha davlat muassasalari va tashkilotlari tugatilib, Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi o‘z faoliyatini to‘xtatsin”, deyiladi farmonda.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ aholisi, shu jumladan, uning chegaralaridan tashqarida bo‘lgan armanlarga mintaqada qolish yoki u yerga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Ozarbayjon tomonidan reintegratsiya shartlari bilan tanishish taklif qilingan.

Qayd etilishicha, qaror hozirgi murakkab harbiy-siyosiy vaziyat munosabati bilan, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ xalqining jismoniy xavfsizligi va hayotiy manfaatlarini ta’minlash ustuvorligidan hamda Ozarbayjon bilan Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligida erishilgan kelishuvlarni ham hisobga olgan holda qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 19 sentyabr kuni (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘da vaziyatning yana keskinlashuvi yuz berdi. Baku "mahalliy aksilterror choralari" boshlanganini e’lon qildi va arman harbiylarini mintaqadan olib chiqib ketishni talab qildi. Yerevan Qorabog‘da arman Qurolli kuchlari yo‘qligini ta’kidlab, sodir bo‘layotgan voqealarni “keng ko‘lamli tajovuz” deb atadi. Rossiya mojaro tomonlarini qon to‘kilishini to‘xtatib, diplomatik kelishuvga qaytishga chaqirdi. 20 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Rossiya tinchlikparvar kontingenti ishtirokida Qorabog‘da aksilterror tadbirlarini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing