Sobiq prezidentining qasrida maxfiy ombor topildi (video)

Olam

−

image

Paragvayda prokuratura va politsiya xodimlari yirik bank mojarosi fonida lavozimidan çetlatilgan mamlakatning sobiq prezidenti Santyago Penyaning yozgi qasrida yaşirin omborxonani aniqladi. Omborxona soxta devor ortiga yaşirilgan va Isroilda işlab çiqarilgan murakkab xavfsizlik tizimiga ega bronlangan eşik bilan jihozlangan. Tergovçilarga uni oça olmadi. Bu haqda Paragvayning ABC Color gazetasi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, tintuv keça, 8 noyabr kuni Penyaning Paragvay poytaxti Asunsondan taxminan 50 km uzoqlikda joylaşgan Servo-Kua tumanidagi yozgi qasrida bölib ötgan. Tergovçilar xonalardan birida koridorga olib boradigan yaşirin eşikni topgan. “La Nación” ma’lumotlariga köra, eşik yettinçi darajali xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan bölib, u bir neçta identifikatsiya usullarini nazarda tutadi: yuz yoki közning rangdor pardasini taniş, barmoq izini skanerlaş, PIN-kodni kiritiş va maxsus kalitlardan foydalaniş.

Qasr qurilişi taxminan 7,7 milliard Paragvay guaranisiga (sof 1,23 million dollar atrofida) tuşgan. 2024 yilning may oyida Penya qurilişni moliyalaştiriş uçun Ueno Bank’dan umumiy summasi 500 ming dollarga yaqin bölgan ikkita kredit olgan. Ular böyiça oylik tölovlar taxminan 38 ming dollarni taşkil etgan – bu uning prezidentlik maoşidan ortiq.

Bank inqirozi prezident impiçmentiga olib keldi

Tintuv ötgan haftada Paragvay Markaziy banki tomonidan tölovga qobiliyatsizligi sababli yopilgan Ueno Bank’ning kasodga uçraşi böyiça olib borilayotgan tergov doirasida ötkazilmoqda. Inqiroz oqibatida 3 millionga yaqin mijoz – mamlakat aholisining deyarli yarmi öz omonatlaridan foydalaniş imkoniyatidan mahrum böldi. Bankning sakkiz nafar rahbari hibsga olindi.

Prokuratura Penyani işonçni suiste’mol qiliş va moliyaviy resurslardan şaxsiy manfaatlarda foydalanişda gumon qilmoqda. Tergov talqiniga köra, sobiq prezident davlat mablağlarini Ueno Bank’ga joylaştirişga kömaklaşgan, u uşbu bankni nazorat qiluvçi guruh aksiyadori bölib 2025 yilgaça qolgan. Şu bilan birga, bank uning egalari bilan boğliq kompaniyalarga noqonuniy kreditlar ajratgan.

Joriy yilning 6 noyabr kuni ommaviy noroziliklar fonida Paragvay Kongressi 47 yoşli Penyani tezlaştirilgan impiçment protsedurasi natijasida lavozimidan çetlatdi. Ertasi kuni u hibsga olindi va Asunsondagi harbiy polk hududiga joylaştirildi.

Prezidentlik vakolatlari vitse-prezident Pedro Alyanaga ötdi. U bank inqirozidan jabr körganlarni u bilan boğliq jarima va penyalardan ozod qiliş haqida farmoyiş berdi. Yangi davlat rahbarining ma’lumotlariga köra, deyarli 1,2 million omonatçiga taxminan 158 million dollar qaytarib berilgan. Qolgan mijozlarga tölovlar bir hafta davomida davom etişi kerak.

Aniqlanişiça, Penya lavozimidan çetlatilganidan keyin ham uning yozgi qasrini Prezident eskort polkining harbiy xizmatçilari qöriqlaşda davom etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing