Sukerberg Facebook’dagi ulushini qisqartirdi. U aksiyalarini sotyapti 

Olam

image

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Mark Sukerberg 2020 yil kuzidan buyon deyarli har bir ish kunida kompaniyaning aksiyalarini sotmoqda, natijada uning ulushi 14 foizgacha kamaygan. Bu haqda “Forbes” xabar bergan.  

Umuman olganda, Sukerberg 9,4 million dona aksiya sotgan va buning ortidan 2,8 milliard dollar ishlab topgan. Milliarder rafiqasi Prissilla Chan bilan birgalikda asos solingan “Chan-Sukerberg tashabbusi” tashkiloti orqali tushgan pullarning katta qismini (90 foiz) xayriya ishlariga sarflagan. Facebook asoschisi o‘zi uchun 200 million dollarga yaqin mablag‘ni saqlab qolgan. 

2015 yilda Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan o‘z boyliklarining 99 foizini xayriya ishlariga sarf qilishini e’lon qildi va buning uchun “Chan-Sukerberg tashabbusi” ham tashkil etildi. 

Juftlik o‘z rejalarini 2016 yildan amalga oshirishni boshladi, xayriya tadbirlarining eng yuqori cho‘qqisi 2018 yilga to‘g‘ri keldi, 2019 yilda esa juftlik tanaffus qildi. 

Hozirda Sukerbergning boyligi 128 milliard dollarga baholanmoqda, uning 98 foizi Facebook’ga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, milliarder savdo aksiyalari va ko‘chmas mulk portfeli bilan operatsiyalar bo‘yicha daromad oladi, bu esa 200 million dollarga baholanmoqda. 

Avvalroq, Facebook asoschisi va bosh direktori Sukerbergning xavfsizligi uchun 2020 yilda kompaniya tomonidan 23 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflangani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

aktsiya Tsukerberg

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing