Kurs UZS

USD

12 970.19

-11.06

EUR

13 572.01

-25.85

RUB

142.20

0.03

Sukerberg DeepSeek’ni o‘rganish uchun favqulodda shtablar tashkil qildi

Texnologiya

image

Meta kompaniyasida Xitoyning DeepSeek startapiga tegishli yangi sun’iy intellekt texnologiyasini tahlil qilish uchun to‘rtta maxsus bo‘linma tashkil etildi. Bu haqda “Fortune” nashri xabar berdi.

DeepSeek tomonidan ishlab chiqilgan R1 chat-boti yuqori samaradorlikni namoyish etib, ChatGPT kabi raqobatchilarga nisbatan ancha arzon xarajat bilan ishlashi tufayli Meta kompaniyasining sun’iy intellekt bozoridagi yetakchiligiga jiddiy tahdid solmoqda. Ushbu startap High-Flyer Capital Management xedj-fondi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Meta AI infratuzilmasi direktori Metyu Oldxemning aytishicha, DeepSeek modeli Meta kompaniyasining 2025 yil boshida chiqariladigan Llama modelining yangi versiyasidan ham ustun kelishi mumkinligi borasida xavotirlar mavjud.

Mark Sukerberg tomonidan tashkil etilgan to‘rtta shtabdan ikkitasi High-Flyer tomonidan ishlab chiqilgan DeepSeek’ning o‘quv va ishlatish xarajatlarini kamaytirish usullarini tahlil qilmoqda. Ushbu bilimlarni Llama modelini optimallashtirishda qo‘llash rejalashtirilmoqda. Qolgan ikkita jamoa DeepSeek’ni o‘rgatish uchun ishlatilgan ma’lumotlar to‘plamlari va Llama arxitekturasini Xitoy modeli xususiyatlariga moslashtirish ustida ishlamoqda.   

DeepSeek ochiq dasturiy ta’minot kodiga ega bo‘lgani sababli Meta o‘zining sun’iy intellekt ishlanmalari va bu sohadagi investitsiyalar strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda ishlab chiqilgan DeepSeek sun’iy intellekt tizimi ChatGPT’dan samaraliroq va arzonroq ekanini ko‘rsatganidan so‘ng, G‘arb texnogigantlari aksiyalari keskin pasayishni boshlagani xabar qilingandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH va Yevropaning texnogigantlari bir kun ichida umumiy hisobda 1 trillion dollarga arzonlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Meta Mark Tsukerberg DeepSeek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing