Trampning impichmenti ko‘rib chiqiladigan sana ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSH Senati sobiq Prezident Donald Trampga nisbatan impichmentni ko‘rib chiqishni joriy yilning 9 fevraliga qoldirdi. 

Qayd etilishicha, ushbu qaror bir ovozdan qabul qilingan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq davlat rahbari Donald Tramp impichment masalasi bo‘yicha advokatlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni kechqurun AQSH Kongressining quyi palatasi vakillari Senatga sobiq Prezident Donald Trampga impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni topshirgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.

AQSHda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida Jo Bayden g‘alaba qozondi. Uning inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni o‘tkazildi. O‘sha kuni Tramp Oq uyni tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

impichment

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing