Yun Sok Yol o‘zi tayinlagan sudya uning impichmenti bo‘yicha ishlaydi
Olam
−
16 dekabr
1883Konstitutsiyaviy sud a’zosi Chon Xyon Sik Janubiy Koreyaning lavozimidan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yolga nisbatan impichment ishi bo‘yicha sud jarayoniga rahbarlik qiladi. Uning nomzodi 2023 yilda aynan Yun Sok Yolning o‘zi tomonidan taklif qilingan. Bu haqda “The Korea Times” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, dastlab Konstitutsiyaviy sud jarayonga raislik qiluvchi sudyaning ismini oshkor qilmasligini bildirgan.
“Barcha sudyalar ishda ishtirok etadi, shuning uchun rais qaror qabul qilish tezligiga va hukmga ta’sir qilmaydi”, deb tushuntirish bergan keyinchalik sud.
Rais tasodifan kompyuter orqali tanlangan. Yun Sok Yol esa sobiq Aloqa komissiyasi raisi Kim Xon Ilni suddagi o‘z himoyachisi sifatida tanlagan.
Bildirilishicha, hozirda jarayonda ishtirok etish uchun sudda to‘qqizta o‘rindan uchta bo‘sh joy mavjud. Bu o‘rinlarning yil oxirigacha to‘ldirilishi kutilmoqda, chunki parlament dekabr oyida uch yangi nomzodni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, sudning yakuniy qarori aprel oyining oxirigacha chiqishi kutilmoqda. Ushbu oyda hozirgi olti sudyadan ikkisi iste’foga chiqishi kutilyapti. 2017 yilda sobiq prezident Pak Kin Xening impichmenti bo‘yicha sud jarayoni 91 kun, No Mu Xyonning ishi esa 63 kun davom etgan. Hozir sudda qaror chiqarish uchun 180 kun vaqt bor.
Yun Sok Yol o‘z hukmronligi davrida to‘rt nafar sudyani tayinlagan. Ularning hammasi konservativ qarashlarga ega deb hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yun Sok Yol joriy yilning 18 dekabr kuni maxsus tergovchilar guruhi tomonidan so‘roqqa chaqirilishi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi