Janubiy Koreya parlamenti muvaqqat prezidentga ham impichment e’lon qildi
Olam
−
27 dekabr
2037Janubiy Koreya muxolifati kecha, 26 dekabr kuni prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi Xan Dok Suga qarshi impichment e’lon qilish haqida parlamentga taklif kiritganini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, parlamentda 300 o‘rindan 192 nafar deputat Hanni impichment qilishga ovoz bergan, shu bilan birga hukumat partiyasi siyosatchilari ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortgan.
Bu Xan Dok Suning mamlakat konstitutsiyaviy sudiga uchta sudyani tayinlashdan bosh tortganidan keyin sodir bo‘lgan. Parlament nomzod sudyalarga ovoz bergan, biroq Xan hukmron partiya va muxolifat siyosiy murosaga kelmaguncha ularni lavozimga tayinlashdan bosh tortgan.
Xan Dok Suning impichmentidan so‘ng, Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra, moliya vaziri Choi Sang-mok keyingi vaqtincha prezidentlik lavozimiga tayinlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya parlamenti Prezident Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish uchun ovoz bergandi. Ovoz berishda barcha 300 deputat ishtirok etgan. Impichmentni 204 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan. 85 kishi qarshi chiqqan, uch nafari betaraf qolgan. Yana 8 ovoz esa haqiqiy emas deb topilgan.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr