Trampning bojlari tufayli Toyota’ning daromadi keskin kamayadi

Olam

image

Yaponiyaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi – Toyota Motor AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan yangi boj siyosati tufayli 2025 moliyaviy yilda sof foydasi 34,9 foizga kamayishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Toyota hisob-kitoblariga ko‘ra, sof foyda yil yakunida 21,6 milliard dollarni tashkil etadi. Bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli 35 foizga kam. Kompaniyaning operatsion foydasi esa 20,8 foizga tushib, 27,1 milliard dollarga yetadi. Kompaniyaga ko‘ra, Toyota’ning xorijdagi savdosining qariyb 20 foizi AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2 aprel kuni Oq uy 185 davlatdan import qilinadigan mahsulotlarga yangi tarif tizimini joriy etgandi. Umumiy import boji stavkasi 10 foizni tashkil qiladi, ayrim mamlakatlar uchun esa yanada yuqori bo‘ladi. Bu yagona tarif tizimi 5 apreldan kuchga kirdi. Yaponiyaga nisbatan esa qo‘shimcha 24 foizlik tarif belgilangani aytilgan. 

Biroq AQSH hukumati muzokaralar o‘tkazish uchun 90 kunlik kechiktirish muddatini ham belgilagan. Shunga qaramay, Vashington allaqachon avtomobillar, ehtiyot qismlar va uzellar uchun 25 foizlik boj stavkasini amaliyotga joriy eta boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Yaponiya Toyota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing