Tramp yana bir tinchlik bitimini e’lon qilmoqchi

Olam

image
Nima qilsam ham uni olmayman – Tramp Nobel haqida north_east

Nima qilsam ham uni olmayman – Tramp Nobel haqida

AQSH Prezidenti Donald Tramp 8 avgust kuni Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashadi. Bu haqda Oq uydagi manbalarga tayanib, “The Washington Post” gazetasi xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar yakunida Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari tinchlik bitimi tuzilganini e’lon qilishlari mumkin. 

Armaniston Vazirlar Mahkamasi ham Pashinyan Vashingtonga tashrif buyurib, u yerda Ilhom Aliyev va Donald Tramp bilan uchrashishini tasdiqladi. 

“7-8 avgust kunlari Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan AQSHga tashrif buyuradi. Vashingtonda Bosh vazir Pashinyan AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Armaniston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish maqsadida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi, shuningdek, mintaqada tinchlik, farovonlik va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida AQSH Prezidenti Donald Tramp va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi”, deyiladi hukumat xabarida.

Armaniston Tashqi ishlar vazirligi 13 mart kuni Ozarbayjon bilan tuzilgan tinchlik shartnomasi matni har ikki tomon tomonidan kelishilgani va Yerevan hujjat imzolanadigan joy va muddatlar bo‘yicha takliflarni muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi. 

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayxon Hojizodaning aytishicha, kelishuv chegaradagi o‘q uzilishini to‘xtatish va Bakuga nisbatan hududiy da’volarni istisno qiluvchi Armaniston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish kabi qator shartlar bajarilsa, tuziladi. Bundan tashqari, Ozarbayjon YeXHT Minsk guruhini rasman bekor qilishni talab qilmoqda, bu mamlakat uni eskirgan tuzilma deb biladi. Yerevan Bakuning ayblovlarini rad etadi. 

Shu bilan birga, Pashinyan uning hukumati “mintaqaviy xususiyatga ega” bo‘lishi kerak bo‘lgan yangi konstitutsiyani qabul qilish tashabbusi bilan chiqish niyatida ekanini ma’lum qildi. U, shuningdek, Baku bilan tinchlik o‘rnatish bilan bir vaqtda Rossiya, AQSH va Fransiya hamraisi bo‘lgan Minsk guruhini tarqatib yuborish masalasini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp prezidentligining ikkinchi muddati boshlangandan beri Hindiston va Pokiston, Isroil va Eron, Kambodja va Tailand, Kongo Demokratik Respublikasi va Ruanda orasidagi mojarolarni hal qilganini aytib keladi. Pokiston, Isroil va Kambodja Trampning nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ozarbayjon Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing