Nima qilsam ham uni olmayman – Tramp Nobel haqida
Olam
−
21 iyun 5544 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp nima qilsa ham tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini ololmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Donald Tramp o‘z postida o‘n yillar davomida urush olib borgan Kongo Demokratik Respublikasi va Ruanda Respublikasi o‘rtasida tinchlik bitimi tuzganini e’lon qildi.
“Men buning uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olmayman, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi urushni to‘xtatganim uchun ham olmayman, Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi urushni to‘xtatganim uchun ham olmayman, Misr va Efiopiya o‘rtasidagi tinchlikni saqlab qolganim uchun ham olmayman va Yaqin Sharqda Ibrohim kelishuvini amalga oshirganim uchun ham olmayman. Yo‘q, men tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olmayman, nima qilmay, hatto Rossiya-Ukraina va Isroil-Eron bo‘yicha qanday natijalar bo‘lmasin, baribir olmayman. Ammo odamlar buni bilishadi va men uchun aynan shu muhim!” deb yozgan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston hukumati Donald Trampni 2026 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga tavsiya etgani xabar qilingandi. Bunga Trampning Hindiston-Pokiston inqirozi davrida ko‘rsatgan qat’iy diplomatik aralashuvi va muhim yetakchiligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Shuningdek, pokistonlik rasmiylar Trampni “katta strategik tafakkurga va favqulodda siyosiy donolikka ega” arbob sifatida ta’riflagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr