Tramp va Bayden o‘rtasidagi ikkinchi debat qoldirilishi mumkin
Olam
−
05 Oktabr 2020
3838Hozirda koronavirusdan davolanayotgan Amerika rahbari Donald Tramp bilan prezidentlikka nomzod Jozef Bayden o‘rtasidagi saylovoldi debatning ikkinchisi 15 oktyabrda o‘tkazilishi kerak edi. Baydenning saylovoldi shtabi uni keyinga qoldirilishiga hech qanday qarshiligi yo‘qligini bildirdi. Bu haqda shtab vakili Keyt Bedingfild ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shtab debatning belgilangan sanada o‘tkazilishiga umid bildiradi. O‘z vaqtida o‘tkazilmasligiga ham shtabning hech qanday qarshiligi yo‘q. Shuningdek, Baydenning saylovoldi shtabi Trampning salomatligi tezroq va to‘liq tiklanishini tilaydi.
Shu bilan birga, vakilning so‘zlariga ko‘ra, Bayden jadvalda har qanday o‘zgartirish qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun ikkinchi teledebat 15 oktyabrga belgilangan, birinchisi esa 29 sentyabrda o‘tkazilgan. Birinchi debatda nomzodlar bir-birlarini turli haqoratlar bilan "siylagan" edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniyada joriy yilning 1 oktyabr kuni koronavirus aniqlangan.Biroz o‘tib esa Prezident Uolter Rid harbiy shifoxonasiga yotqizilgandi.
LiveBarchasi