Tramp Ukrainaga bormoqchi emas

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga tashrif buyurishni rejalashtirmayapti. Bu haqda  kecha, 15 aprel kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt matbuot uchun brifingda so‘z ochdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyda hali bu haqda hech qanday gap bo‘lgani yo‘q.

“Men Prezident bilan bu haqda gaplashmaganman, u Zelenskiyning taklifini ko‘rgan-ko‘rmaganini bilmayman. Undan so‘rashim mumkin. Menda Ukrainaga tashrif buyurish rejalari haqida ma’lumot yo‘qligi aniq”, degan u o‘z nutqida.

Ma’lumot uchun, ommaviy axborot vositalarining biriga bergan intervyusida Vladimir Zelenskiy Donald Trampni Ukrainaga tashrif buyurishga va Rossiya zarbalari natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilikni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga chaqirgandi.

“Iltimos, biron bir qaror qabul qilishdan, muzokaralar olib borishdan oldin kelib, odamlar, tinch aholi, askarlar, shifoxonalar, cherkovlar, bolalarni ko‘ring”, degan edi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Donald Tramp Oval kabinetida Salvador Prezidenti Nayib Bukele bilan bo‘lgan suhbatda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Oq uyning sobiq rahbari Jo Bayden va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainada harbiy harakatlar boshlanishida aybdor ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing