Tramp Ukrainadagi urushni 100 kun ichida tugatishni buyurdi – WSJ
Olam
−
22 yanvar
6345AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili, iste’fodagi general Kit Kellogga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini 100 kun ichida tugatishni buyurdi. Bu haqda "Wall Street Journal" xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan kelishuv tuzish Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida Oq uyga qaytganidan so‘ng 24 soat ichida Ukrainadagi urushni tugatishga bergan va’dasidan ham ham qiyinroq bo‘ladi.
Shu bilan birga, nashr Donald Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralarni shaxsan nazorat qilish niyatida, deb o‘ylamoqda.
Ma’lum qilinishicha, Kellogning o‘zi hatto Tramp inauguratsiyasidan oldin, 2025 yil yanvar oyi boshida, “Fox News” telekanalida Ukrainadagi harbiy mojaroni 100 kun ichida hal qilish uchun yechim topishni xohlayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukrainadagi urush “na ertaga, na indinga” tugashini aytgandi. Shuningdek, Makron Ukrainaga uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlarini berish muhimligini eslatgan. AQSH Prezidenti Donald Tramp esa, jurnalistlar bilan suhbatda agar Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha bitim tuzishdan bosh tortsa, Rossiya katta muammolarga duch kelishi haqida gapirgandi.
LiveBarchasi