Tramp to‘rt mamlakat AQSHga dushman ekanini aytdi
Olam
−
19 yanvar 2021
54372AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp dushman mamlakatlardan uchuvchisiz uchish vositalarini Hukumat tomonidan sotib olinishini cheklash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.
AQSHning amaldagi ma’muriyati Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreyani dushman davlatlar qatoriga kiritgan.
"AQSH muxoliflari tomonidan ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish vositalaridan foydalanish milliy va iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soladi, chunki Amerika Hukumatining ushbu qurilmalardan foydalangan holda olib boradigan operatsiyalari maxfiy malumotlarni to‘plash va saqlashga taalluqlidir", deyilgan Oq uy bayonotida.
Ma’lumot o‘rnida, uchuvchisiz uchish vositalaridan AQSH huquqni muhofaza qilish idoralari va ofat oqibatlarini bartaraf etishda foydalaniladi.
Avvalroq, Donald Tramp bugun, 19 yanvar kuni 100 ga yaqin kishini afv etishini e’lon qilishi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi