Tramp Transport vaziri lavozimiga ham teleboshlovchini tanladi
Olam
−
19 noyabr
1504AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyatida Transport vaziri lavozimiga sobiq kongressmen, hozirda teleboshlovchi Shon Daffining nomzodini ilgari surdi. Bu haqda Tramp kecha, 18 noyabr kuni ma’lum qildi.
Tramp Vakillar palatasida “fiskal mas’uliyat” uchun kurashayotgan Daffining ishini yuqori baholagan.
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Viskonsin shtatidan sobiq kongressmen Kongressdagi hamkasblari bilan yo‘llar va ko‘priklar qurish bo‘yicha muhim loyihalar ustida ishlagan va kotib sifatida u uchuvchilar va havo harakatini nazorat qiluvchilar o‘rtasida irqiy xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini bekor qiladi.
“U Amerikaning avtomobil yo‘llari, tunnellari, ko‘priklar va aeroportlarini modernizatsiya qilishda sifat, malaka, raqobatbardoshlik va go‘zallikni birinchi o‘ringa qo‘yadi”, degan Oq uyning bo‘lajak rahbari.
Daffi 2011 yildan 2019 yilgacha AQSH Kongressi Vakillar palatasining a’zosi bo‘lib ishlagan. Hozirda 53 yoshli Shon Daffi “Fox Business” telekanalida teleboshlovchi bo‘lib ishlaydi va o‘ta konservativ “Fox News” telekanali bilan hamkorlik qiladi, u yerda Trampning Mudofaa vaziri lavozimiga nomzodi Pit Xegset dasturlarni olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Donald Tramp o‘zining bo‘lajak ma’muriyatidagi lavozimlarga nomzodlarni tanlamoqda. Tramp Florida shtatidan senator Marko Rubioni Davlat kotibi, kongressmen Mett Getsni esa Adliya vaziri va Bosh prokuror etib tayinlash niyatida ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, Tramp “Fox News” telekanali boshlovchisi Pit Xegsetni Pentagon rahbari, kongressmen Mayk Valsni Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi va biznesmen Ilon Maskni AQSH Hukumat samaradorligi departamentiga rahbar etib tayinlashga qaror qilgan edi. Shuningdek, Donald Tramp “Fox Business” telekanali boshlovchisi va iqtisodchi Larri Kadlouni iqtisodiyot va moliya sohasida yuqori lavozimga tayinlashni rejalashtirmoqda. Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini ham tayinlagandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr