Tramp Rossiya aktivlari hisobidan Ukrainaga yordam ajratishi mumkin

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishganidan beri ilk bor Ukrainaga yangi moliyaviy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, CBS News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yordam Rossiyaga signal berish uchun mo‘ljallanishi mumkin. Hozircha mablag‘ manbasi aniq emas. Biroq, AQSH rasmiylariga ko‘ra, Tramp ixtiyorida avvalgi prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan ajratilgan, lekin hali ishlatilmagan 3,85 milliard dollar mablag‘ mavjud.

Shuningdek, sobiq rasmiylar Prezident taxminan 5 milliard dollarlik Rossiyaning AQSHdagi muzlatilgan aktivlarini musodara qilib, ushbu mablag‘ni Ukrainaga yo‘naltirishi mumkinligini ham ta’kidlagan. Hozirgacha na Tramp, na Bayden bu imkoniyatdan foydalangan.
Yevropa Ittifoqi, AQSH, Yaponiya va Kanada Rossiya Markaziy bankining qariyb 300 milliard dollarlik aktivlarini muzlatgan. Bu aktivlarning 5–6 milliard dollari AQSHda, asosiy qismi esa Belgiya hududidagi Euroslear tizimida saqlanadi.

2024 yil iyun oyida G7 davlatlari – Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH Rossiya aktivlari daromadi hisobidan Ukrainaga 50 milliard dollar kredit ajratish mexanizmini kelishib olgan.
Rossiya bu harakatlarni o‘g‘rilik deb hisoblaydi. Kreml bu niyatlarni noqonuniy deb atab, agar ular amalga oshirilsa, bu jiddiy sud va huquqiy oqibatlarga olib kelishini aytgan.

“Reuters” agentligi xabariga ko‘ra, Tramp shu haftada Prezident vakolatlaridan birinchi marta foydalanadi. Bu unga Kongress roziligisiz qurol-aslaha yuborishga imkon beradi. Yordam paketi taxminan 300 million dollarni tashkil etadi. Unda Patriot tizimlari uchun o‘rta masofali hujum raketalari ham bo‘lishi mumkin.

“Politico” nashrining yozishicha, Trampning bu qarorini muhokama qilish AQSH tomonidan Ukrainaga ayrim qurollar yetkazib berilishi to‘xtatilganidan bir hafta o‘tib boshlangan. Keyinchalik Prezident yetkazib berishni qayta tiklashga qaror qilgan. Mablag‘ Bayden davrida Kongress tomonidan tasdiqlangan fond hisobidan ajratiladi. Unda hali ham taxminan 3,8 milliard dollar mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berishni tiklagani haqida aytgandi. Davlat rahbari AQSHdan qaysi tizimlar yetkazib berilayotganiga aniqlik kiritmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina moliyaviy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing